|
Главная » 2014 » Июль » 17 » FIFA reytingida O‘zbekiston 7pog‘ona yuqorilab, 52-o‘ringa chiqiboldi
23.34 FIFA reytingida O‘zbekiston 7pog‘ona yuqorilab, 52-o‘ringa chiqiboldi |
FIFA dunyo terma jamoalarining yangi reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston terma jamoasining hisobidagi ochkolari 16 taga kamaygan bo‘lsa-da, jamoamiz 7 pog‘ona ko‘tarildi va 52-o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi .
Bu o‘rin orqali terma jamoamiz yana Osiyoning uchinchi jamoasiga aylandi. JCh — 2014’da muvaffaqiyatli ishtirok eta olmagan qit’adoshlarimiz reytingda pastlashdi. Yaponiya yangi reytingda qit’aning eng yaxshi terma jamoasi bo‘lib oldi. Yaponlar 45-o‘rinni band etib turishibdi. Yangi jadvalda 6 ta o‘rin pastlagan Eron 49- qatorni band etdi. Janubiy Koreya esa 46 ochko yo‘qotdi va 56-o‘rinni egallab turibdi. JChda barcha o‘yinlarni boy bergan Avstraliya biryo‘la 14 pog‘ona pastladi (76- o‘rin). Osiyo kubogida O‘zbekiston bilan bir guruhda o‘rin olgan Saudiya Arabistoni 78 (+12), Xitoy 94 (+9), KXDR 147 (-1)- o‘rinlarni egallab turishibdi. Reytingda esa yangi peshqadam paydo bo‘ldi. Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Germaniya terma jamoasi 1724 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, vitse- chempion Argentina 1606 ochko bilan 2- o‘rinni band etib turibdi. Gollandiya birdaniga 12 pog‘ona ko‘tarilib, 3-qatorga chiqib oldi. Kolumbiya 4 va Belgiya 5-o‘ringa ko‘tarilishdi. Ancha vaqtgacha reytingni boshqarib kelgan Ispaniya 8-o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, JCh — 2014 mezboni 7- qatorgacha pastladi. Yangi reyting bilan FIFA saytida tanishib olishingiz mumkin.
|
Категория: Sport Yangiliklari |
Просмотров: 671 |
Добавил: vampir
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
|