|
Главная » Архив материалов
Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0
30-aprel, chorshanba kuni Tojikiston shimolida ikkita yuk poyezdi o‘zaro to‘qnashib ketdi, natijada bir kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Noviy Vek” xabar berdi . (manba:UZSAYT.COM)
Halokat Tojikistonning So‘g‘d viloyati Jabbor Rasulov tumani hududida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida ko‘mir ortilgan ikkita vagon ag‘darilib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘mir yuklab ketayotgan poyezd izdan chiqqan va boshqaruvni yo‘qotgan, natijada o‘sha poyezd mashinisti yengil jarohat olgan. To‘qnashuv joyida temir yo‘l ko‘tarmasini sozlash ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.(manba:UZSAYT.COM)
Batafsil »
Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0
O‘zbekistonning Artel texnika ishlab chiqaruvchisi o‘zining artelmarket.uz internet-do‘konini ochdi. Bu haqda ictnews.uz xabar berdi . (manba:UZSAYT.COM)
Artel market.uz loyihasi rahbari Yuliya Yo‘ldoshevaning nashrga ma’lum qilishicha, do‘kon shu hafta boshida ochilgan. “Faol reklama kampaniyalari o‘tkazmayotgan bo‘lsak-da, har kuni internet-do‘kon foydalanuvchilarining buyurtmalarini rasmiylashtirmoqdamiz”, — dedi u. Yo‘ldoshevaning ta’kidlashicha, ular hozirda Click kompaniyasi bilan muzokaralar olib borib, ushbu tizim orqali internet-do‘kon mahsulotlari uchun to‘lov shartlarini muhokama qilmoqda. Toshkent bo‘yicha yetkazib berish bepul, to‘lov jarayoni mahsulot yetkazib berilgan vaqtda naqd pul yoki terminal orqali amalga oshiriladi.(manba:UZSAYT.COM)
Batafsil »
Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0
Xitoyning Guandun provinsiyasida qurilayotgan ko‘prik qulashi natijasida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi . (manba:UZSAYT.COM)
Hodisa 3-may, shanba kuni provinsiyadagi aholi punktlaridan birida sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar xarobalar ostidan 27 kishini chiqarib oldi. Besh kishi voqea joyida vafot etgan, sakkiz kishi og‘ir jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Ularning olti nafari keyinroq shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘prik qurilishi hukumat ruxsatisiz olib borilgan. Aprel oyida mahalliy hukumat qurilishni to‘xtatishni talab qiluvchi qaror chiqargan, biroq ishlar may boshida yana yangilangan.(manba:UZSAYT.COM)
Batafsil »
Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0
2-may kuni AQSh Federal maslahatchilar sudi Apple va Samsung kompaniyalarining bir-biriga qarshi patent da’volari bo‘yicha qaror chiqardi. Unga ko‘ra, ikkita patentni ko‘chirgan Samsung 119,6 million dollar, o‘z raqibining bitta patentini o‘g‘irlagan Apple esa 158,4 ming dollar to‘laydi. Bu haqda The Wall Street Journal xabari ga tayanib, Look At Me ma’lum qildi. (manba:UZSAYT.COM) O‘z da’vo arizasida Apple o‘zining beshta patentini buzgan Samsung’dan 2,2 milliard dollar talab qilgan. Samsung o‘z navbatida, ikkita patenti buzilgani uchun raqibi 6,9 million dollar tovon to‘lashi kerak deb hisoblagan. 2014-yil boshida taqdim etilgan patent da’volari bo‘yicha sud jami 50 soat davom etgan.(manba:UZSAYT.COM)
Batafsil »
Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0
Kickstarter’dagi Vanhawks Valour loyihasi mualliflari qaytadan velosiped ixtiro qilishdi. Yangi qurilma — yuqori texnologiyali velosiped transport vositasi sifatida yaratildi. Bu haqda Look At Me xabar berdi . (manba:UZSAYT.COM) Velosiped ruliga ikkita LED-lampalar o‘rnatilgan, ular burilish kerak bo‘lgan joyda yonib-o‘chadi. Yo‘l haqidagi ma’lumotlarni aqlli velosiped Bluetooth orqali smartfondan oladi. (manba:UZSAYT.COM) Dastaklarda vibromotorlar joylashgan. Orqa g‘ildirak sensorlari boshqa transport vositasi yaqinlashayotganini sezsa, ular ishga tushadi. Ushbu texnologiya yordamida velosipedda naushnik orqali musiqa eshitish xavfsizroq bo‘ladi. (manba:UZSAYT.COM)
Safarlar haqidagi barcha ma’lumotlarni velosiped iOS va Android’dagi tegishli dasturga yuklaydi. Bundan tashqari, velosiped o‘g‘irlab ketilgan taqdirda, uni o‘sha dastur or
...
Читать дальше »
Batafsil »
Sana: 23/04/2014 / Izohlar: 0
Nokia kompaniyasi knopkali yangi Nokia 225 modelini taqdim etdi. Bu model sensorli bo‘lmagan telefonlar ichida eng kattasiga aylandi. Yangi telefon 320×240 pikselli, 2,8 dyuymli displeyga ega bo‘lib, og‘irligi 100 grammni tashkil etadi. Korpusining qalinligi esa 10,4 millimetrdan iborat. Telefon videoga tushira oladigan 2 Megapikselli kamera va Bluetooth’ga ega. 32 Gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi uchun mo‘ljallangan slot, FM-priyomnik va oldindan o‘rnatilgan dasturlar (Nokia Xpress Browser, Facebook hamda Twitter) to‘plamiga ega. Yangi telefon qizil, yashil, sariq, qora va oq rangli korpuslarda bo‘ladi. Xabarda aytilishicha, telefonning ikki SIM-kartali versiyasi ham chiqariladi. Telefon narxi qariyb 40 yevroni tashkil etadi.Manba:UZSAYT.COM
Batafsil »
|
|
|