|
Главная » Архив материалов
Sana: 17/07/2014 / Izohlar: 0
FIFA dunyo terma jamoalarining yangi reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston terma jamoasining hisobidagi ochkolari 16 taga kamaygan bo‘lsa-da, jamoamiz 7 pog‘ona ko‘tarildi va 52-o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi .
Bu o‘rin orqali terma jamoamiz yana Osiyoning uchinchi jamoasiga aylandi. JCh — 2014’da muvaffaqiyatli ishtirok eta olmagan qit’adoshlarimiz reytingda pastlashdi. Yaponiya yangi reytingda qit’aning eng yaxshi terma jamoasi bo‘lib oldi. Yaponlar 45-o‘rinni band etib turishibdi. Yangi jadvalda 6 ta o‘rin pastlagan Eron 49- qatorni band etdi. Janubiy Koreya esa 46 ochko yo‘qotdi va 56-o‘rinni egallab turibdi. JChda barcha o‘yinlarni boy bergan Avstraliya biryo‘la 14 pog‘ona pastladi (76- o‘rin). Osiyo kubogida O‘zbekiston bilan bir guruhda o‘rin olgan Saudiya Arabistoni 78 (+12), Xitoy 94 (+9), KXDR 147 (-1)-
...
Читать дальше »
Batafsil »
Sana: 14/07/2014 / Izohlar: 0
“Garri Potter” haqidagi bir qancha filmlarda rol ijro etgan britaniyalik aktyor Deyv Lejenoning tanasi AQShning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysidan topildi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, 50 yoshli Lejeno sayohat qilayotgan vaqtida vodiydagi harorat 50 darajagacha ko‘tarilgan va u issiq urishi natijasida halok bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, aktyorning tanasi o‘limidan 3–4 kun o‘tgach topilgan. Eslatib o‘tamiz, Deyv Lejeno “Garri Potter”da Volan-de-Mortning yovuz izdoshlaridan biri — Fenrir rolini ijro etgan. Bundan tashqari, aktyor “Katta mablag‘” (Snatch), “Betmen: Ibtido” (Batman Begins), “Senturion” (Centurion) filmlarida ham qatnashgan.
Batafsil »
Sana: 19/06/2014 / Izohlar: 0
6 yil avval O‘zbekistonda yangi brend dunyoga keldi va Yevropa aloqa tizimidagi eng yirik mobil operator — katta TeliaSonera oilasining yangi a’zosiga aylandi. Ucell’ning kichik tarixi keskin o‘zgarishlar va aniq faktlarga to‘la. Barcha o‘zgarishlar O‘zbekistondagi telekommunikatsiyaning innavatsion rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq.
Sifatli xizmatlarni taqdim etib, mijozlar ishonchini qo‘lga kiritishni o‘z oldiga oliy maqsad qilgan Kompaniya tanlovdan adashmadi. 6 yil davomida millionlab yurtdoshlarimiz mobil operator sifatida aynan Ucell’ni tanlaganliklarining 6 ta sababi: 1. Innovatsion texnologiyalarni amaliyotda tatbiq etish TeliaSonera guruhi tarkibida bo‘lmish Ucell, innovatsion texnologiyalarni amaliyotda tatbiq etishni taklif etadi. GSM standartining yaratilishida aynan shved-fin xoldingning o‘rni beqiyos. O‘zbekistonda Ucell b
...
Читать дальше »
Batafsil »
Sana: 05/06/2014 / Izohlar: 0
3-iyun kuni Olma-Otada yangi Acer plansheti — Iconia A1-830 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Planshet 7,9 dyuymli displey, Intel Atom Z2560 protsessori, 1 Gb tezkor, 16 Gb ichki xotira, 2 va 5 megapikselli kameralar bilan jihozlangan. Qurilma 7,5 soatgacha avtonom ravishda ishlay oladi. Iconia A1-830 Android 4.2.1 Jelly Bean operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma korpusi 8 millimetr qalinlikka va 380 gramm og‘irlikka ega.
Batafsil »
Sana: 05/06/2014 / Izohlar: 0
3-iyun kuni Sony o‘zining yangi Xperia T3 smartfonini taqdim etdi. Qurilma reklamasida asosan uning stili alohida qayd etilmoqda. U haqiqatan chiroyli va o‘ta ingichka ko‘rinishga ega, deb yozadi Mail.ru.
Sony Xperia T3 bor-yo‘g‘i 7 millimetr qalinlikka ega. Qurilma ikki yonida zanglamaydigan po‘latdan yo‘l o‘tgan. Triluminos-ekran diagonali 5,3 dyuymni tashkil etadi, u oyna bilan qoplangan. Smartfon to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 400 protsessori, 1 Gb tezkor, 8 Gb ichki xotira, 8 megapikselli kamera va 2500 mA/s sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan. Sony Xperia T3 iyulda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Uning qanday narxda sotilishi hozircha noma’lum.
Batafsil »
Sana: 01/06/2014 / Izohlar: 0
Microsoft kompaniyasi fon rejimida foydalanuvchi yurak urishini doimiy ravishda kuzatib boradigan “aqlli” soat ustida ishlamoqda. U Windows Phone, iOS va Android tizimlarida ishlovchi smartfonlar bilan sinxronlashtirila oladi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Qurilmaga Xbox Kinect bo‘linmasida ishlab chiqiladigan sensorlar o‘rnatiladi. Soat erta- yu kech foydalanuvchining pulsini o‘lchaydi, biroq akkumulyator ikki kunga yetadi. Soatning yana bir o‘ziga xos jihati shundan iborat bo‘ladiki, u nafaqat Windows Phone, balki boshqa raqobatdosh operatsion tizimlar — iOS va Android’da ishlaydigan qurilmalar bilan ham integratsiyalasha oladi. Qurilmaning qachon chiqarilishi noma’lum, biroq u shu yilning yozidayoq taqdim etilishi mumkin.
Batafsil »
Sana: 01/06/2014 / Izohlar: 0
Apple kompaniyasi O‘zbekistondan oltin sotib oldi. Uni o‘zining mobil qurilmalari va kompyuterlari uchun ishlatmoqchi. Bu haqda Apple’ning AQSh qimmatbaho qog‘ozlari va birjalari bo‘yicha komissiyasining metallardan xomashyo yetkazib beruvchilar haqida birinchi hisoboti da ma’lum qilindi.
Unda Apple o‘zining iPhone, iPad, Mac, iPod, Apple TV, displey va aksessuarlari uchun metallarni qayerdan sotib olishi ayon bo‘lgan. Hujjatda kompaniyaning O‘zbekiston zavodlari bilan hamkorlik qilishi ko‘rsatilgan. Qurilmalardagi kontakt (elektr simlarini ulovchi qism)larni qoplashda qo‘llaniladigan oltin O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan xarid qilingan. Hujjatda, shuningdek oltin va boshqa metallarni sotuvchi qolgan davlatlar ham ko‘rsatilgan. Hisobotga ko‘ra, 2013-yilda Apple’ga metall x
...
Читать дальше »
Batafsil »
Sana: 01/06/2014 / Izohlar: 0
Janubiy koreyalik reper PSY’ning Gangnam Style qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube tarixida birinchi marta ikki milliard marta tomosha qilinganlik ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi. Bu haqda YouTube saytida kliplar tomoshasi bo‘yicha statistika guvohlik berdi. 31-may kuni Toshkent vaqti bilan 18:30 da janubiy koreyalik qo‘shiqchining klipi 2 milliard 482 ming marta ko‘rilgan. 2 milliard marrasiga esa shanba kuni ertalab yetib kelgan. Videolavha YouTube’da ommalashgan boshqa kliplarni katta farq bilan ortda qoldirmoqda. Masalan kanadalik ijodkor Jastin Biberning Baby qo‘shig‘i klipi bir milliard martadan ko‘proq ko‘rilgan bo‘lsa, Ylvis guruhining The Fox klipi bor-yo‘g‘i 415 million marta tomosha qilingan.
Batafsil »
Sana: 22/05/2014 / Izohlar: 0
Konchita Vurst nomi bilan ko‘proq tanilgan avstriyalik Tomas Noyvirt Eurovision—2014 tanlovi g‘olibiga aylandi. Finaldagi Rise Like a Phoenix qo‘shig‘i uchun 290 ball to‘plagan “soqolli ayol” o‘z raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirdi, deb xabar berdi “Kun”. Konchita Vurst Eurovision—2014 tanlovida. Gollandiyaning The Common Linnets guruhi ikkinchi (238 ball), Shvetsiya vakilasi hisoblangan Sanna Nilsen esa uchinchi (218 ball) o‘rinni egalladi. 10-may, shanba kuni bo‘lib o‘tgan Eurovision—2014 finalida Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Islandiya, Norvegiya, Ruminiya, Armaniston, Chernogoriya, Polsha, Gretsiya, Avstriya, Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Rossiya, Italiya, Sloveniya, Finlandiya, Ispaniya, Shveysariya, Vengriya, Malta, Daniya, Gollandiya, San-Marino va Buyuk Britaniya xonandalari ishtirok etdi. Eurovision—2014 qo‘shiq tanlovi 1956-
...
Читать дальше »
Batafsil »
Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0
Beeline aloqa operatori “Mening musiqam” (gudok o‘rniga musiqa o‘rnatish) xizmati ringtonlarining eng ko‘p o‘rnatilgan o‘nligini taqdim etdi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi. (manba:UZSAYT.COM)
Top-10 ga ko‘ra, quyidagi qo‘shiqlardan gudok o‘rnida ko‘p foydalanilgan: 1o-o‘rin: “Ummon” — “Yig‘lamagin” 9-o‘rin: Sardor Rahimxon — “Do‘st” 8-o‘rin: “Ummon” — “Aytgin menga” 7-o‘rin: Sanjar Sa’dullayev — “Abonent 786” 6-o‘rin: Ulug‘bek Rahmatullayev — “Sog‘inib” 5-o‘rin: Rayhon — “So‘naman” 4-o‘rin: Ulug‘bek Rahmatullayev — “Meni kechir” 3-o‘rin: DJ Fun — “Yechildi” 2-o‘rin: Shahzoda va Аslan — “Оtpusti” 1-o‘rin: “Ummon” — “Kim deya” “Mening musiqam” xizmati 2007-yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashti
...
Читать дальше »
Batafsil »
|
|
|