Ovoz beramiza
 
Yangi kliplar
 
Mini chat
 

Главная » 2014 » Июнь » 19 » Ucell O‘zbekistondagi faoliyatining 6 yilligini nishonlamoqda
10.30
Ucell O‘zbekistondagi faoliyatining 6 yilligini nishonlamoqda
6 yil avval O‘zbekistonda yangi brend
dunyoga keldi va Yevropa aloqa tizimidagi
eng yirik mobil operator — katta TeliaSonera
oilasining yangi a’zosiga aylandi. Ucell’ning
kichik tarixi keskin o‘zgarishlar va aniq
faktlarga to‘la. Barcha o‘zgarishlar
O‘zbekistondagi telekommunikatsiyaning
innavatsion rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq.

Sifatli xizmatlarni taqdim etib, mijozlar
ishonchini qo‘lga kiritishni o‘z oldiga oliy
maqsad qilgan Kompaniya tanlovdan
adashmadi.
6 yil davomida millionlab yurtdoshlarimiz
mobil operator sifatida aynan Ucell’ni
tanlaganliklarining 6 ta sababi:
1. Innovatsion texnologiyalarni amaliyotda
tatbiq etish
TeliaSonera guruhi tarkibida bo‘lmish Ucell,
innovatsion texnologiyalarni amaliyotda
tatbiq etishni taklif etadi. GSM standartining
yaratilishida aynan shved-fin xoldingning
o‘rni beqiyos. O‘zbekistonda Ucell birinchilar
qatorida 2G, 3G, HSPA+ kabi innavatsion
texnologiyalarni tijorat amaliyotiga kiritdi.
Ucell har kuni aloqa qamrovini kengaytirib
bormoqda.

2. Mas’uliyatli biznes
Ucell — ijtimoiy ma’suliyatini sezgan holda,
fuqarolar uchun maksimal darajada ochiq
bo‘lishga intiladigan Kompaniya. Mobil
operator mijozlar qiziqishlarini himoya qiladi,
shaxsiy muloqot va ma’lumotlar
konfidensialligini ta’minlaydi.

3. Mijozlar haqida qayg‘urish
Ucell nafaqat tezkor hamda barcha
hududlarda aloqa bilan ta’minlashga harakat
qiladi. 9 millionga yaqin mijozlar haqida
qayg‘urish va ular bilan doimiy muloqot
o‘rnatish ham Ucell uchun oliy
maqsadlardan biri. Muloqot abonent
tarmoqga ulangan kundan boshlanadi.
Kompaniya 24 soat davomida abonentlarga
xizmat ko‘rsatishni ta’minlab beradi.
4. O‘zbekistonning 12 ta viloyatini
birlashtirgan holda
Ucell O‘zbekiston hududidagi barcha
abonentlarga bir xil xizmat ko‘rsatilishi,
xizmatlar barcha uchun taqdim etilishi va
sifatli aloqadan foydalanishni ta’minlaydi.
Respublikaning yirik viloyatlarida
Kompaniyaning 20 dan ortiq ofislari faoliyat
yuritmoqda. Dilerlik tarmoqlari ham parallel
ravishda rivojlantirilgani natijasida bugungi
kunga kelib 2300 dan ortiq sotuv nuqtalari
o‘z faoliyatini olib bormoqda. Tog‘li, olis,
markazdan uzoqda joylashgan hududlarni
ham aloqa bilan ta’minlash borasida Ucell
“Mobil ofis” loyihasini ishga tushirgan.
Yurtdoshlarimiz markazda joylashgan
ofislarga tashrif buyurmasdan ham aloqadan
foydalanish va uning sifatini baholash
imkoniyatiga egalar.
5. Ochiqlik, tariflarning oddiy va hamma
uchun mavjudligi
Ucell’ning tariflar siyosati mijozlarning
xarajatlarini tejash imkoniyatini beradi.
Tariflarning rang-barangligi yurtdoshlarimiz
qiziqishlarini o‘z ichiga olgan. Ucell
ishbilarmonlar uchun ham tijorat
jarayonlarini optimallashtish uchun maxsus
takliflarni taqdim etadi.
6. Samimiy Kompaniya
Ucell O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning faol
ishtirokchisi hamdir. Kompaniya sog‘liqni
saqlash, sport, ta’lim va madaniyat
sohalaridagi o‘zgarishlarni qo‘llab-
quvvatlaydi.
Ucell barcha abonentlarni Kompaniyaning
tavallud ayyomi bilan tabriklaydi, ishonch va
tanlov uchun tashakkur bildirib, barchaga
mustahkam sog‘liq, tinchlik va xotirjamlik
tilab qoladi!
Категория: Texnika Yangiliklari | Просмотров: 957 | Добавил: vampir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
So'nggi izohlar
 
Teglar
 
Reklama
 
Файлы для обмена предоставлены пользователями сайта, администрация не несёт ответственности за их содержание. На сервере хранятся только ссылки на файлы. Это значит, что мы не храним ни каких нелегальных материалов, а так же материалов охраняемых авторским правом. Информация для правообладателей
Yuqoriga