Ovoz beramiza
 
Yangi kliplar
 
Mini chat
 

Главная » Texnika Yangiliklari

Ucell O‘zbekistondagi faoliyatining 6 yilligini nishonlamoqda

Sana: 19/06/2014 / Izohlar: 0

6 yil avval O‘zbekistonda yangi brend
dunyoga keldi va Yevropa aloqa tizimidagi
eng yirik mobil operator — katta TeliaSonera
oilasining yangi a’zosiga aylandi. Ucell’ning
kichik tarixi keskin o‘zgarishlar va aniq
faktlarga to‘la. Barcha o‘zgarishlar
O‘zbekistondagi telekommunikatsiyaning
innavatsion rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq.

Sifatli xizmatlarni taqdim etib, mijozlar
ishonchini qo‘lga kiritishni o‘z oldiga oliy
maqsad qilgan Kompaniya tanlovdan
adashmadi.
6 yil davomida millionlab yurtdoshlarimiz
mobil operator sifatida aynan Ucell’ni
tanlaganliklarining 6 ta sababi:
1. Innovatsion texnologiyalarni amaliyotda
tatbiq etish
TeliaSonera guruhi tarkibida bo‘lmish Ucell,
innovatsion texnologiyalarni amaliyotda
tatbiq etishni taklif etadi. GSM standartining
yaratilishida aynan shved-fin xoldingning
o‘rni beqiyos. O‘zbekistonda Ucell b ... Читать дальше »

Batafsil »

Acer kompaniyasining yangi IconiaA1-830 plansheti Olma-Otada taqdimetildi

Sana: 05/06/2014 / Izohlar: 0

3-iyun kuni Olma-Otada yangi Acer
plansheti — Iconia A1-830 taqdimoti bo‘lib
o‘tdi.
Planshet 7,9 dyuymli displey, Intel Atom
Z2560 protsessori, 1 Gb tezkor, 16 Gb ichki
xotira, 2 va 5 megapikselli kameralar bilan
jihozlangan. Qurilma 7,5 soatgacha
avtonom ravishda ishlay oladi.
Iconia A1-830 Android 4.2.1 Jelly Bean
operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma korpusi
8 millimetr qalinlikka va 380 gramm
og‘irlikka ega.

Batafsil »

Sony 7 mm qalinlikdagi yangi XperiaT3 smartfonini taqdim etdi

Sana: 05/06/2014 / Izohlar: 0

3-iyun kuni Sony o‘zining yangi Xperia T3
smartfonini taqdim etdi. Qurilma reklamasida
asosan uning stili alohida qayd etilmoqda. U
haqiqatan chiroyli va o‘ta ingichka
ko‘rinishga ega, deb yozadi Mail.ru.

Sony Xperia T3 bor-yo‘g‘i 7 millimetr
qalinlikka ega. Qurilma ikki yonida
zanglamaydigan po‘latdan yo‘l o‘tgan.
Triluminos-ekran diagonali 5,3 dyuymni
tashkil etadi, u oyna bilan qoplangan.
Smartfon to‘rt yadroli Qualcomm
Snapdragon 400 protsessori, 1 Gb tezkor, 8
Gb ichki xotira, 8 megapikselli kamera va
2500 mA/s sig‘imidagi akkumulyator bilan
jihozlangan.
Sony Xperia T3 iyulda sotuvga chiqishi
kutilmoqda. Uning qanday narxda sotilishi
hozircha noma’lum.

Batafsil »

Microsoft “aqlli” soati o‘z egasiningyurak urishini nazorat qiladi

Sana: 01/06/2014 / Izohlar: 0

Microsoft kompaniyasi fon rejimida
foydalanuvchi yurak urishini doimiy ravishda
kuzatib boradigan “aqlli” soat ustida
ishlamoqda. U Windows Phone, iOS va
Android tizimlarida ishlovchi smartfonlar
bilan sinxronlashtirila oladi. Bu haqda
Forbes xabar berdi.

Qurilmaga Xbox Kinect bo‘linmasida ishlab
chiqiladigan sensorlar o‘rnatiladi. Soat erta-
yu kech foydalanuvchining pulsini o‘lchaydi,
biroq akkumulyator ikki kunga yetadi.
Soatning yana bir o‘ziga xos jihati shundan
iborat bo‘ladiki, u nafaqat Windows Phone,
balki boshqa raqobatdosh operatsion
tizimlar — iOS va Android’da ishlaydigan
qurilmalar bilan ham integratsiyalasha oladi.
Qurilmaning qachon chiqarilishi noma’lum,
biroq u shu yilning yozidayoq taqdim etilishi
mumkin.

Batafsil »

Apple iPhone uchun O‘zbekistondanoltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi

Sana: 01/06/2014 / Izohlar: 0

Apple kompaniyasi O‘zbekistondan oltin
sotib oldi. Uni o‘zining mobil qurilmalari va
kompyuterlari uchun ishlatmoqchi. Bu haqda
Apple’ning AQSh qimmatbaho qog‘ozlari va
birjalari bo‘yicha komissiyasining
metallardan xomashyo yetkazib beruvchilar
haqida birinchi hisoboti da ma’lum qilindi.

Unda Apple o‘zining iPhone, iPad, Mac, iPod,
Apple TV, displey va aksessuarlari uchun
metallarni qayerdan sotib olishi ayon
bo‘lgan. Hujjatda kompaniyaning
O‘zbekiston zavodlari bilan hamkorlik qilishi
ko‘rsatilgan.
Qurilmalardagi kontakt (elektr simlarini
ulovchi qism)larni qoplashda qo‘llaniladigan
oltin O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya
kombinati va Navoiy kon-metallurgiya
kombinatidan xarid qilingan.
Hujjatda, shuningdek oltin va boshqa
metallarni sotuvchi qolgan davlatlar ham
ko‘rsatilgan.
Hisobotga ko‘ra, 2013-yilda Apple’ga metall
x ... Читать дальше »

Batafsil »

Artel savdo belgisi o‘z internet- do‘konini ochdi

Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0

O‘zbekistonning Artel texnika ishlab
chiqaruvchisi o‘zining artelmarket.uz
internet-do‘konini ochdi. Bu haqda
ictnews.uz xabar berdi . (manba:UZSAYT.COM)

Artel market.uz loyihasi rahbari Yuliya
Yo‘ldoshevaning nashrga ma’lum qilishicha,
do‘kon shu hafta boshida ochilgan. “Faol
reklama kampaniyalari o‘tkazmayotgan
bo‘lsak-da, har kuni internet-do‘kon
foydalanuvchilarining buyurtmalarini
rasmiylashtirmoqdamiz”, — dedi u.
Yo‘ldoshevaning ta’kidlashicha, ular hozirda
Click kompaniyasi bilan muzokaralar olib
borib, ushbu tizim orqali internet-do‘kon
mahsulotlari uchun to‘lov shartlarini
muhokama qilmoqda.
Toshkent bo‘yicha yetkazib berish bepul,
to‘lov jarayoni mahsulot yetkazib berilgan
vaqtda naqd pul yoki terminal orqali amalga
oshiriladi.(manba:UZSAYT.COM)

Batafsil »

Sud qaroriga ko‘ra, Apple’ning patentlarini buzgani uchun Samsung 120 mln dollar to‘laydi

Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0

2-may kuni AQSh Federal maslahatchilar
sudi Apple va Samsung kompaniyalarining
bir-biriga qarshi patent da’volari bo‘yicha
qaror chiqardi. Unga ko‘ra, ikkita patentni
ko‘chirgan Samsung 119,6 million dollar, o‘z
raqibining bitta patentini o‘g‘irlagan Apple
esa 158,4 ming dollar to‘laydi. Bu haqda The
Wall Street Journal xabari ga tayanib, Look At
Me ma’lum qildi. (manba:UZSAYT.COM)
O‘z da’vo arizasida Apple o‘zining beshta
patentini buzgan Samsung’dan 2,2 milliard
dollar talab qilgan. Samsung o‘z navbatida,
ikkita patenti buzilgani uchun raqibi 6,9
million dollar tovon to‘lashi kerak deb
hisoblagan.
2014-yil boshida taqdim etilgan patent
da’volari bo‘yicha sud jami 50 soat davom
etgan.(manba:UZSAYT.COM)

Batafsil »

Smartfonga ulanadigan “aqlli” velosiped ixtiro qilindi

Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0

Kickstarter’dagi Vanhawks Valour loyihasi
mualliflari qaytadan velosiped ixtiro qilishdi.
Yangi qurilma — yuqori texnologiyali
velosiped transport vositasi sifatida yaratildi.
Bu haqda Look At Me xabar berdi .
(manba:UZSAYT.COM)
Velosiped ruliga ikkita LED-lampalar
o‘rnatilgan, ular burilish kerak bo‘lgan joyda
yonib-o‘chadi. Yo‘l haqidagi ma’lumotlarni
aqlli velosiped Bluetooth orqali smartfondan
oladi. (manba:UZSAYT.COM)
Dastaklarda vibromotorlar joylashgan. Orqa
g‘ildirak sensorlari boshqa transport vositasi
yaqinlashayotganini sezsa, ular ishga
tushadi. Ushbu texnologiya yordamida
velosipedda naushnik orqali musiqa eshitish
xavfsizroq bo‘ladi. (manba:UZSAYT.COM)

Safarlar haqidagi barcha ma’lumotlarni
velosiped iOS va Android’dagi tegishli
dasturga yuklaydi. Bundan tashqari,
velosiped o‘g‘irlab ketilgan taqdirda, uni
o‘sha dastur or ... Читать дальше »

Batafsil »

Nokia yangi knopkali telefonni ishlab chiqardi

Sana: 23/04/2014 / Izohlar: 0

Nokia kompaniyasi knopkali yangi Nokia 225
modelini taqdim etdi. Bu model sensorli
bo‘lmagan telefonlar ichida eng kattasiga
aylandi. Yangi telefon
320×240 pikselli, 2,8 dyuymli displeyga ega
bo‘lib, og‘irligi 100 grammni tashkil etadi.
Korpusining qalinligi esa 10,4 millimetrdan
iborat.
Telefon videoga tushira oladigan 2
Megapikselli kamera va Bluetooth’ga ega. 32
Gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi
uchun mo‘ljallangan slot, FM-priyomnik va
oldindan o‘rnatilgan dasturlar (Nokia Xpress
Browser, Facebook hamda Twitter) to‘plamiga
ega.
Yangi telefon qizil, yashil, sariq, qora va oq
rangli korpuslarda bo‘ladi. Xabarda
aytilishicha, telefonning ikki SIM-kartali
versiyasi ham chiqariladi. Telefon narxi qariyb
40 yevroni tashkil etadi.Manba:UZSAYT.COM

Batafsil »
So'nggi izohlar
 
Teglar
 
Reklama
 
Файлы для обмена предоставлены пользователями сайта, администрация не несёт ответственности за их содержание. На сервере хранятся только ссылки на файлы. Это значит, что мы не храним ни каких нелегальных материалов, а так же материалов охраняемых авторским правом. Информация для правообладателей
Yuqoriga