Nokia kompaniyasi knopkali yangi Nokia 225 modelini taqdim etdi. Bu model sensorli bo‘lmagan telefonlar ichida eng kattasiga aylandi. Yangi telefon 320×240 pikselli, 2,8 dyuymli displeyga ega bo‘lib, og‘irligi 100 grammni tashkil etadi. Korpusining qalinligi esa 10,4 millimetrdan iborat. Telefon videoga tushira oladigan 2 Megapikselli kamera va Bluetooth’ga ega. 32 Gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi uchun mo‘ljallangan slot, FM-priyomnik va oldindan o‘rnatilgan dasturlar (Nokia Xpress Browser, Facebook hamda Twitter) to‘plamiga ega. Yangi telefon qizil, yashil, sariq, qora va oq rangli korpuslarda bo‘ladi. Xabarda aytilishicha, telefonning ikki SIM-kartali versiyasi ham chiqariladi. Telefon narxi qariyb 40 yevroni tashkil etadi.Manba:UZSAYT.COM
|