Sana: 23/04/2014 / Izohlar: 0
Nokia kompaniyasi knopkali yangi Nokia 225
modelini taqdim etdi. Bu model sensorli
bo‘lmagan telefonlar ichida eng kattasiga
aylandi. Yangi telefon
320×240 pikselli, 2,8 dyuymli displeyga ega
bo‘lib, og‘irligi 100 grammni tashkil etadi.
Korpusining qalinligi esa 10,4 millimetrdan
iborat.
Telefon videoga tushira oladigan 2
Megapikselli kamera va Bluetooth’ga ega. 32
Gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi
uchun mo‘ljallangan slot, FM-priyomnik va
oldindan o‘rnatilgan dasturlar (Nokia Xpress
Browser, Facebook hamda Twitter) to‘plamiga
ega.
Yangi telefon qizil, yashil, sariq, qora va oq
rangli korpuslarda bo‘ladi. Xabarda
aytilishicha, telefonning ikki SIM-kartali
versiyasi ham chiqariladi. Telefon narxi qariyb
40 yevroni tashkil etadi.Manba:UZSAYT.COM
Batafsil »