|
Главная » 2014 » Май » 4 » Artel savdo belgisi o‘z internet- do‘konini ochdi
22.42 Artel savdo belgisi o‘z internet- do‘konini ochdi |
O‘zbekistonning Artel texnika ishlab chiqaruvchisi o‘zining artelmarket.uz internet-do‘konini ochdi. Bu haqda ictnews.uz xabar berdi . (manba:UZSAYT.COM)
Artel market.uz loyihasi rahbari Yuliya Yo‘ldoshevaning nashrga ma’lum qilishicha, do‘kon shu hafta boshida ochilgan. “Faol reklama kampaniyalari o‘tkazmayotgan bo‘lsak-da, har kuni internet-do‘kon foydalanuvchilarining buyurtmalarini rasmiylashtirmoqdamiz”, — dedi u. Yo‘ldoshevaning ta’kidlashicha, ular hozirda Click kompaniyasi bilan muzokaralar olib borib, ushbu tizim orqali internet-do‘kon mahsulotlari uchun to‘lov shartlarini muhokama qilmoqda. Toshkent bo‘yicha yetkazib berish bepul, to‘lov jarayoni mahsulot yetkazib berilgan vaqtda naqd pul yoki terminal orqali amalga oshiriladi.(manba:UZSAYT.COM)
|
Категория: Texnika Yangiliklari |
Просмотров: 712 |
Добавил: vampir
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
|