|
Главная » 2014 » Июнь » 5 » Sony 7 mm qalinlikdagi yangi XperiaT3 smartfonini taqdim etdi
11.05 Sony 7 mm qalinlikdagi yangi XperiaT3 smartfonini taqdim etdi |
3-iyun kuni Sony o‘zining yangi Xperia T3 smartfonini taqdim etdi. Qurilma reklamasida asosan uning stili alohida qayd etilmoqda. U haqiqatan chiroyli va o‘ta ingichka ko‘rinishga ega, deb yozadi Mail.ru.
Sony Xperia T3 bor-yo‘g‘i 7 millimetr qalinlikka ega. Qurilma ikki yonida zanglamaydigan po‘latdan yo‘l o‘tgan. Triluminos-ekran diagonali 5,3 dyuymni tashkil etadi, u oyna bilan qoplangan. Smartfon to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 400 protsessori, 1 Gb tezkor, 8 Gb ichki xotira, 8 megapikselli kamera va 2500 mA/s sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan. Sony Xperia T3 iyulda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Uning qanday narxda sotilishi hozircha noma’lum.
|
Категория: Texnika Yangiliklari |
Просмотров: 709 |
Добавил: vampir
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
|