|
Главная » 2014 » Июнь » 1 » Microsoft “aqlli” soati o‘z egasiningyurak urishini nazorat qiladi
14.59 Microsoft “aqlli” soati o‘z egasiningyurak urishini nazorat qiladi |
Microsoft kompaniyasi fon rejimida foydalanuvchi yurak urishini doimiy ravishda kuzatib boradigan “aqlli” soat ustida ishlamoqda. U Windows Phone, iOS va Android tizimlarida ishlovchi smartfonlar bilan sinxronlashtirila oladi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Qurilmaga Xbox Kinect bo‘linmasida ishlab chiqiladigan sensorlar o‘rnatiladi. Soat erta- yu kech foydalanuvchining pulsini o‘lchaydi, biroq akkumulyator ikki kunga yetadi. Soatning yana bir o‘ziga xos jihati shundan iborat bo‘ladiki, u nafaqat Windows Phone, balki boshqa raqobatdosh operatsion tizimlar — iOS va Android’da ishlaydigan qurilmalar bilan ham integratsiyalasha oladi. Qurilmaning qachon chiqarilishi noma’lum, biroq u shu yilning yozidayoq taqdim etilishi mumkin.
|
Категория: Texnika Yangiliklari |
Просмотров: 680 |
Добавил: vampir
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
|