Sana: 01/06/2014 / Izohlar: 0
Microsoft kompaniyasi fon rejimida
foydalanuvchi yurak urishini doimiy ravishda
kuzatib boradigan “aqlli” soat ustida
ishlamoqda. U Windows Phone, iOS va
Android tizimlarida ishlovchi smartfonlar
bilan sinxronlashtirila oladi. Bu haqda
Forbes xabar berdi.
Qurilmaga Xbox Kinect bo‘linmasida ishlab
chiqiladigan sensorlar o‘rnatiladi. Soat erta-
yu kech foydalanuvchining pulsini o‘lchaydi,
biroq akkumulyator ikki kunga yetadi.
Soatning yana bir o‘ziga xos jihati shundan
iborat bo‘ladiki, u nafaqat Windows Phone,
balki boshqa raqobatdosh operatsion
tizimlar — iOS va Android’da ishlaydigan
qurilmalar bilan ham integratsiyalasha oladi.
Qurilmaning qachon chiqarilishi noma’lum,
biroq u shu yilning yozidayoq taqdim etilishi
mumkin.
Batafsil »
Sana: 01/06/2014 / Izohlar: 0
Apple kompaniyasi O‘zbekistondan oltin
sotib oldi. Uni o‘zining mobil qurilmalari va
kompyuterlari uchun ishlatmoqchi. Bu haqda
Apple’ning AQSh qimmatbaho qog‘ozlari va
birjalari bo‘yicha komissiyasining
metallardan xomashyo yetkazib beruvchilar
haqida birinchi hisoboti da ma’lum qilindi.
Unda Apple o‘zining iPhone, iPad, Mac, iPod,
Apple TV, displey va aksessuarlari uchun
metallarni qayerdan sotib olishi ayon
bo‘lgan. Hujjatda kompaniyaning
O‘zbekiston zavodlari bilan hamkorlik qilishi
ko‘rsatilgan.
Qurilmalardagi kontakt (elektr simlarini
ulovchi qism)larni qoplashda qo‘llaniladigan
oltin O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya
kombinati va Navoiy kon-metallurgiya
kombinatidan xarid qilingan.
Hujjatda, shuningdek oltin va boshqa
metallarni sotuvchi qolgan davlatlar ham
ko‘rsatilgan.
Hisobotga ko‘ra, 2013-yilda Apple’ga metall
x
...
Читать дальше »
Batafsil »
Sana: 01/06/2014 / Izohlar: 0
Janubiy koreyalik reper PSY’ning Gangnam
Style qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube
tarixida birinchi marta ikki milliard marta
tomosha qilinganlik ko‘rsatkichiga ega
bo‘ldi. Bu haqda YouTube saytida kliplar
tomoshasi bo‘yicha statistika guvohlik berdi.
31-may kuni Toshkent vaqti bilan 18:30 da
janubiy koreyalik qo‘shiqchining klipi 2
milliard 482 ming marta ko‘rilgan. 2 milliard
marrasiga esa shanba kuni ertalab yetib
kelgan.
Videolavha YouTube’da ommalashgan
boshqa kliplarni katta farq bilan ortda
qoldirmoqda. Masalan kanadalik ijodkor
Jastin Biberning Baby qo‘shig‘i klipi bir
milliard martadan ko‘proq ko‘rilgan bo‘lsa,
Ylvis guruhining The Fox klipi bor-yo‘g‘i 415
million marta tomosha qilingan.
Batafsil »