|
Главная » 2014 » Июль » 14 » “Garri Potter”ning yovuz qahramoniO‘lim vodiysida halok bo‘ldi
13.08 “Garri Potter”ning yovuz qahramoniO‘lim vodiysida halok bo‘ldi |
“Garri Potter” haqidagi bir qancha filmlarda rol ijro etgan britaniyalik aktyor Deyv Lejenoning tanasi AQShning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysidan topildi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, 50 yoshli Lejeno sayohat qilayotgan vaqtida vodiydagi harorat 50 darajagacha ko‘tarilgan va u issiq urishi natijasida halok bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, aktyorning tanasi o‘limidan 3–4 kun o‘tgach topilgan. Eslatib o‘tamiz, Deyv Lejeno “Garri Potter”da Volan-de-Mortning yovuz izdoshlaridan biri — Fenrir rolini ijro etgan. Bundan tashqari, aktyor “Katta mablag‘” (Snatch), “Betmen: Ibtido” (Batman Begins), “Senturion” (Centurion) filmlarida ham qatnashgan.
|
Категория: Jahon xabarlari |
Просмотров: 622 |
Добавил: vampir
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
|