Sana: 14/07/2014 / Izohlar: 0
“Garri Potter” haqidagi bir qancha filmlarda
rol ijro etgan britaniyalik aktyor Deyv
Lejenoning tanasi AQShning Kaliforniya
shtatidagi O‘lim vodiysidan topildi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, 50 yoshli
Lejeno sayohat qilayotgan vaqtida vodiydagi
harorat 50 darajagacha ko‘tarilgan va u issiq
urishi natijasida halok bo‘lgan. Taxminlarga
ko‘ra, aktyorning tanasi o‘limidan 3–4 kun
o‘tgach topilgan.
Eslatib o‘tamiz, Deyv Lejeno “Garri Potter”da
Volan-de-Mortning yovuz izdoshlaridan biri
— Fenrir rolini ijro etgan. Bundan tashqari,
aktyor “Katta mablag‘” (Snatch), “Betmen:
Ibtido” (Batman Begins),
“Senturion” (Centurion) filmlarida ham
qatnashgan.
Batafsil »