Sana: 14/07/2014 / Izohlar: 0
“Garri Potter” haqidagi bir qancha filmlarda rol ijro etgan britaniyalik aktyor Deyv Lejenoning tanasi AQShning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysidan topildi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, 50 yoshli Lejeno sayohat qilayotgan vaqtida vodiydagi harorat 50 darajagacha ko‘tarilgan va u issiq urishi natijasida halok bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, aktyorning tanasi o‘limidan 3–4 kun o‘tgach topilgan. Eslatib o‘tamiz, Deyv Lejeno “Garri Potter”da Volan-de-Mortning yovuz izdoshlaridan biri — Fenrir rolini ijro etgan. Bundan tashqari, aktyor “Katta mablag‘” (Snatch), “Betmen: Ibtido” (Batman Begins), “Senturion” (Centurion) filmlarida ham qatnashgan.
Batafsil »
Sana: 22/05/2014 / Izohlar: 0
Konchita Vurst nomi bilan ko‘proq tanilgan avstriyalik Tomas Noyvirt Eurovision—2014 tanlovi g‘olibiga aylandi. Finaldagi Rise Like a Phoenix qo‘shig‘i uchun 290 ball to‘plagan “soqolli ayol” o‘z raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirdi, deb xabar berdi “Kun”. Konchita Vurst Eurovision—2014 tanlovida. Gollandiyaning The Common Linnets guruhi ikkinchi (238 ball), Shvetsiya vakilasi hisoblangan Sanna Nilsen esa uchinchi (218 ball) o‘rinni egalladi. 10-may, shanba kuni bo‘lib o‘tgan Eurovision—2014 finalida Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Islandiya, Norvegiya, Ruminiya, Armaniston, Chernogoriya, Polsha, Gretsiya, Avstriya, Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Rossiya, Italiya, Sloveniya, Finlandiya, Ispaniya, Shveysariya, Vengriya, Malta, Daniya, Gollandiya, San-Marino va Buyuk Britaniya xonandalari ishtirok etdi. Eurovision—2014 qo‘shiq tanlovi 1956-
...
Читать дальше »
Batafsil »
Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0
30-aprel, chorshanba kuni Tojikiston shimolida ikkita yuk poyezdi o‘zaro to‘qnashib ketdi, natijada bir kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Noviy Vek” xabar berdi . (manba:UZSAYT.COM)
Halokat Tojikistonning So‘g‘d viloyati Jabbor Rasulov tumani hududida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida ko‘mir ortilgan ikkita vagon ag‘darilib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘mir yuklab ketayotgan poyezd izdan chiqqan va boshqaruvni yo‘qotgan, natijada o‘sha poyezd mashinisti yengil jarohat olgan. To‘qnashuv joyida temir yo‘l ko‘tarmasini sozlash ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.(manba:UZSAYT.COM)
Batafsil »
Sana: 04/05/2014 / Izohlar: 0
Xitoyning Guandun provinsiyasida qurilayotgan ko‘prik qulashi natijasida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi . (manba:UZSAYT.COM)
Hodisa 3-may, shanba kuni provinsiyadagi aholi punktlaridan birida sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar xarobalar ostidan 27 kishini chiqarib oldi. Besh kishi voqea joyida vafot etgan, sakkiz kishi og‘ir jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Ularning olti nafari keyinroq shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘prik qurilishi hukumat ruxsatisiz olib borilgan. Aprel oyida mahalliy hukumat qurilishni to‘xtatishni talab qiluvchi qaror chiqargan, biroq ishlar may boshida yana yangilangan.(manba:UZSAYT.COM)
Batafsil »
|