Ovoz beramiza
 
Yangi kliplar
 
Mini chat
 

Главная » Статьи » Hikoyalar

Baxtning Siri (hamma o'qisin)
Baxtning Siri (hamma o'qisin)
Bir savdogar baxtning sir- asrorini bilib
kelish uchun o'g'lini eng ulug'
donishmandning huzuriga yuboribdi.
Yigitcha 40 kecha-yu 40 kunduz
sahroda yuribdi, nihoyat bir tog'ning
tepasidagi oliy maqom qasrni ko'ribdi.
U qidirib yurgan Donishmand o'sha
yerda yashar ekan.
Yigitcha kutilmagan manzaraga duch
kelibdi, qasir uzlatga chekingan
taqvodorning kimsasiz dargohiga
o'xshmas, odamlarga to'la ekan:
savdogarlar o'z mollarini maqtab, u
yoqdan-bu yoqqa zir yugurishar,
burchak-burchakalarda to'da-to'da
odamlar gapshib turishar, mashshoqlar
sozidan mayin kuylar taralar,
mehmonxona o'rtasida esa eng tanqis
noz-ne'matlarga to'la dasturxon
tuzalgan ekan.
Donishmand mehmonlari bilan
shoshilmasdan salom-alik qilib yurgan
ekan. Yigitcha navbati kelishini ikki
soatcha kutibdi.
Nihoyat, donishand yigitchaning ne
maqsadda kelganini eshitibdi, ammo
baxtning sir-asroridan voqif qilishga
hozir fursati yo'qligini aytibdi.
Yigitchaga qasrni aylanib, sayr qilib
chiqishmi va ikki soatlardan so'ng shu
mehmonxonaga qaytib kelishini taklif
qilibdi.
"Senga yana bir iltimosim bor, -debdi u
yigitchaga ikki tomchi yog' tomizilgan
choyqoshiqni uzatib. -Bu qoshiqchani
o'zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo'l,
yog'i to'kilmasin".
Yigitcha qoshiqdan ko'z uzmay ikki soat
davomida qasirning zinalaridan
chiqibdi, tushibdi, nihoyat
Donishmandning yoniga qaytib kelibdi.
"Xo'sh, -debdi u, -yemakxonadagi
eroniy gilamlar senga yoqdimi, mohir
bog'bonlar o'nlab yillar davomida
parvarish qilgan bog'dagi daraxtlar va
gullar ma'qulmi? Mening
kutubxonamdagi qadimiy qo'lyozmalar,
teriga bitilgan kitoblarchi?"
Uyalib qolgan yigitcha bu
ajoyibotlarning hech birini
ko'rolmaganini, butun e'tibori ishonib
topshirilgan ikki tomchi yog'da
bo'lganini tan olibdi.
"Orqangga qayt va mening uyimdagi
barcha mo'jizalarni ko'zdan kechir, -
debdi Donishmand. -Odamning
qayerda va qanday yashayotganini
bilmay turib, unga ishonish mumkin
emas".
Yigitcha qo'lida choy qoshiq bilan yana
dahlizlar va xonalar bo'ylab qasr
sayriga yo'l olibdi. Bu safar u o'zini
erkin tutib, xonalarni bezab turgan
osori-atiqalarni, san'at asarlarini
tomosha qilibdi. Bog'larga va qasirni
o'rab turgan tog'larga mahliyo bo'libdi,
gullarning go'zalligiga, suratlar va
haykallarning mohirona
joylashtirilganiga qoyil qolibdi.
Donoshmandning yoniga qaytib,
ko'rganlarini batafsil so'zlab beribdi.
"Xo'sh, endi ayt-chi, men to'kmasdan
qaytarib olib kel, deb iltimos qilganim -
ikki tomchi yog' qani?" -deb so'rabdi
Donishmand.
Yigitcha qarasa, qo'lidagi qoshiqda
yog'dan asar ham qolmabdi.
"Senga beradigan bitta-yu bitta
maslahatim xuddi ana shu edi, - debdi
yigitchaga donolar donosi. -Baxtning
butun sir-u asrori -dunyoning
mo'jizalari va go'zalligini bus butun
ko'rish, va ko'rar ekansan, choy
qoshiqdagi ikki tomchi yog'ni hech
qachon unutib qo'ymaslikda".
Категория: Hikoyalar | Добавил: vampir (20/07/2014)
Просмотров: 873 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
So'nggi izohlar
 
Teglar
 
Reklama
 
Файлы для обмена предоставлены пользователями сайта, администрация не несёт ответственности за их содержание. На сервере хранятся только ссылки на файлы. Это значит, что мы не храним ни каких нелегальных материалов, а так же материалов охраняемых авторским правом. Информация для правообладателей
Yuqoriga