Hikoya qilishlaricha, bir kambag'al kishi hayit kechasi ko'chalarni kezib yurib, ko'p odamlar go'sht - kabob, osh va boshqa noz - ne'matlarni tanovvul qilib, bayram qilib o'tirganlarini ko'rib, og'zini suvi kelib ichi qizigancha uyga kelibdi. Ovqat pishirib turgan ayoli, " hayitingiz muborak bo'lsin azizim " deya dasturxonga suzib kelgan taomini ichida loviyadan boshqa hech narsa yo'q edi.Sovuqqina qilib, senga ham debdiyu, ovqatni eya boshlabdi.Loviyalarni yeb, ustidagi po'stini detazasidan ko'chaga qarab uloqtirib, o'ziga - o'zi : nega hamma odamlar mazza qilib go'sht yeydiyu, men esa loviya yeb o'tirishim kerak? Shuyam hayotmi? deb hasrat qilibdi.Dunyo ko'ziga tor ko'rinib, uydan ko'chaga chekish uchun chiqsa, ne ko'z bilan ko'rsinki, bir bechora odam otilgan loviya po'stloqlarini puf - puflab changdan tozalab yeb turgan ekan. U duo qilib : Qanchadan - qancha bechoralarga nasib etmagan rizqni menga bergan Allohimga shukrlar bo'lsin, deb qayta - qayta shukrlar aytarmish. Bu holni ko'rgan kambag'alni nafasi tomig'iga tiqilibdi, ko'zlaridan to'xtovsiz yosh oqqan holda : Roziman, ey, Robbim roziman, shu taqdirimga, menga bergan nasibangga roziman " degancha yig'lab uyiga kirib ketibdi. Azizlar ushbu hikoyadan ibrat olaylik! Dasturxonimizga qarang, turli noz - ne'matlarni Alloh bizlarga yetkazib qo'yibdi.Bir kun go'sht yemasak noliymiz, kechagi ovqatni yegimiz kelmaydi, nonni suvi qochgan bo'lsa tashlab yuboramiz, ovqat tanlaymiz, boriga qanoat qila olmaymiz.Ahir bu Allohga noshukrlikku. Azizlar har bir kunimiz, soatimiz, daqiqamiz g'animat.Alloh bergan ushoqdan tortib katta ne'matlarga shukr qilaylik! Toki Alloh g'azabiga uchramaylik! Yuqoridagi hikoyadan hulosa chiqaraylik.Nega kambag'al kishi shu holgacha bordi? Chunki u sabr qilmagan.Alloh bergan ne'matiga shukr qilmagan va shu ahvolga tushgan. Alloh bandalariga ne'matlarni ozroq berib sinab ko'rarkan.Agar bandasi shu holiga ham shukr aytsa, rizqni barakotli qilib, keng qilarkan. Azizlar Allohning berayotgan har bir ne'mati uchun shukrlar aytaylik, toki Alloh bizdan rozi bo'lsin! Alloh barchamizni shukr aytuvchi bandalaridan qilsin! Amin!
|