Ovoz beramiza
 
Yangi kliplar
 
Mini chat
 

Главная » Статьи » Hikoyalar

Men sevgan qiz foxisha ekan..
Kunlardan bir kuni uzoq safardan uyga
qaytdim.Hamma xursand hamma meni qaytib
kelganimni eshitib,uyimga yig'ilishib keldi
ko'plab tabriklar eshitdim.Oradan 1-hafta o'tdi
va uyda biroz dam olganimdan keyin,ko'chaga
chiqib atrofni tomosha qilgim keldi.Yoshim 21-
da ayni yigitlik chog'imda bundan 5-yil oldin bir
qiz bilan tanishib,uni sevib qolgandim u ham
meni sevardi.Shu kunlarda uni eslab yurdim va
bir kuni shaharda uni uchratib qoldim,u judayam
o'zgargan ilgarigi chiroyiga yana chiroy
qo'shilgan edi yurishlari xozirgi zamon qizlarini
kiyinishlari har qanday yigitni es xushini olardi.U
juda go'zal edi,men esa oddiy kiyingan oddiy
yigit edim.Har doim hayron qolardim qanday
qilib shunday qiz mendek kamsuqumgina oddiy
bolani sevib qoldi derdim.U bilan yana
gaplashishni boshladim yana o'sha eski sevgi
muhabbat qalbimizga jo'sh ura boshladi.Har
kuni uchrashadigan bo'ldik.Uni yana bir bor
uchratganimdan xursand edim,bunday qiz
hayotimda birinchi marta edi.Kunlardan bir kuni
uni do'stlarim yomon qizga chiqarishdi axloqsiz
yigitlar bilan yuradi deyishdi.Men uni shunchalik
sevardimki do'stlarimni birorta gapiga
ishonmadim.Men buni ko'rmagunimcha
ishonmayman dedim.Keyin jaxlim chiqib unga
telefon qilib rosa urushib berdim,do'stlarimni
gaplarini aytdim baqirdim unga.U
yig'laberdi.Shu bilan oradan ancha vaqt o'tdi.Bu
so'zlarga ishonmadim xech qachon,u bilan har
doimgidek uchrashib yurardim.Vaqti kelib meni
yana safarga otlanishimga to'g'ri keldi va men
yana chet elga ketdim.Kunlar o'tib unga telefon
qilsam boshqa qiz ko'taradigan bo'ldi.Bir
amallab bir kuni o'ziga tushib qoldim u telefon
ishlatmayotganini onasi tortib olganini
aytdi,men ishondim.Shundan keyin oradan oylar
o'tdi yana bir kuni telefon qildim umuman
o'chirilgan.Shu bilan uni yana yo'qotdim.Balki
do'stlarim rost aytishgandir deb o'yladim.Buni
xecham unutolmadim.Oradan 1-yarim yil
o'tgach yana uyga qaytdim,uni xech qayerdan
topolmadim.Bir kuni kech tushganda yo'lda
qorong'uda qolgan ikki kishini ko'rib qoldim.Ular
taksi to'xtatishardi lekin xech bir mashina
to'xtamasdi.Ularga yaqinlashib borib
qayergacha dedim.Ular 3-chi bekatga oborib
qo'ying deyishdi.Ularni biri yigit ikkinchisi esa
qiz bola edi.Ikkalasiyam orqaga o'tirib olishdi va
menga qarab yigit kishi,okam siz bizga e'tibor
bermay aytgan joyimgacha olib borib qo'ying
dedi.Men xop dedimu indamay yo'limda davom
etaverdim.Ular orqa o'rindiqda mendan uyalmay
behayolik qila boshladi.Men indamay
ketaverdim.Tavba insoniyatga uyat ham
qolmabdi dedim ichimda.3-chi bekatga yetib
keldik ularga oynadan qarab yetib keldik
dedim.Yigit raxmat okam dediyu mashinadan
tushib pulni berdi.Qiz esa tushmadi,yigit menga
qarab okam shu qizni aytgan joyiga olib borib
qo'ying pulini men beraman dedi.Men xop
dedim,pulini berdi va xayrlashib ketdi.Yo 'lda
davom etdim oynadan qizga qarab qayerga
hayday singlim dedim.Orqa taraf qorong'u edi
uni yuzi ko'rinmasdi.Qiz menga Toj mahal 5-chi
ko'chaga deb gapirdi.Xop singlim qiziq ovozi
tanish kimgadir o'xshar ekan,lekin kim
eslolmayapman.Shu payt qiz telefonini olib
dugonasiga qo'ng'iroq qildi.Alo dugonajon
qaliysan ha aytgan yigiting bilan
gaplashdim,voy nega oldinro uchrashtirmading
bunaqasini xali uchratmagandim mayli man 15-
minutlada yetib boraman,nima qaysi yigit !?
Haaa haligi 1-yarim yil oldin xizmat safariga
ketgan yigitmi,voy kelibdimi qayerda ekan
sanga kim aytdi,nima mani qidirib yurgan ekan!?
Eey dugonajon shuyam yigit bo'libdiyu,kissasida
xemiriyam yo'q restoranga borganimizda pulni
yarmini o'zim to'lagandim.Lekin juda yoqimtoy
edi,voy nimalar deyapsan dugonajon man
o'shani sevardimmi mana!? Qo'ysangchi hudo
asrasin undakaladan.Man unaqalani oyog'im
tagiga qator qilib terib qo'yamanu.Agar o'sha
yigit mana bunday mashinada oldimga
kelganida unga yana qaytardim,yolg'ondan ikki
og'iz shirin so'zlasam ilinardi qo'yardi.Ha mayli
dugonajon man xozir yetib qoldim keyin
gaplashamiz bo'pti...
Men gap boshladim singlim nega unaqa deysiz
axir ygit o'zi uchun qilmagandir,balki sizni
sevgandir sizni deb safarga chiqib ishlagandir
kelgan bo'lsa agar sizni qidirib yurgan
bo'lsa.Sizni rostdan ham sevar ekan mana bu
xaqiqiy yigit ekan sevgisiga sodiq qolibdi
dedim.Aka nimalar deyapsiz qanaqa sevgi
bunaqa yigitladan son mingtaku,mayli shu yerda
to'xtatvoring tushaman dedi.Mayli o'ziz bilasiz
singlim dedim.Eshikdan tushar ekan menga
boshqacha qarab qo'ydi.Qayerdandir telefonni
ovozi eshitila boshladi.Orqa o'rindig'da qizni
telefoni qolib ketibdi,olib qarasam dugonasi
eka.Olib javob berdim alo aka hali shu
yerdamisiz uzur telefonim mashinayzda tushib
qolibdi dedi.Ha kelib olib ketishiz mumkin
dedim.Biroz joyimda turib kutdim 2-daqiqadan
keyin qiz qaytib keldi,lekin dugonasi bilan
edi.Telefonini oldi va raxmat aytdi.Dugonasi
meni oldimga keldi va ismimni so'radi men
ismimni aytgandim ular bir-biriga qarab
angrayib qolishdi.Meni tanib qolishdi deb
o'yladim va mayli yaxshi qolilar dedimu
mashinamni o't oldirib haydab ketdim.Endi uni
xech qachon eslamayman sevmayman deb so'z
berdim o'zimga.Hayotning sinovlari shunaqa
ekan men sevgan qiz foxisha ekan..
Категория: Hikoyalar | Добавил: vampir (29/05/2014)
Просмотров: 875 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
So'nggi izohlar
 
Teglar
 
Reklama
 
Файлы для обмена предоставлены пользователями сайта, администрация не несёт ответственности за их содержание. На сервере хранятся только ссылки на файлы. Это значит, что мы не храним ни каких нелегальных материалов, а так же материалов охраняемых авторским правом. Информация для правообладателей
Yuqoriga