...Rossiya. Bir musulmon yarim tunda köchadan uyi tomon qaytardi. Köchada ikki rus yigiti bir-biri bilan janjallashishardi. Bu janjal mushtlashuvga aylanib ketdi Musulmon öz e'tiqodi talablariga köra ularni ajratib qöyishga oshiqdi. Ayni shu vaqtda janjallashayotganlardan biri ikkinchisini pichoqlab qöydi U pichoqni nima qilishni bilmay qolgan musulmonning qöliga tutqazib, özi qochib qoldi. Tez orada militsiya yetib keldi. Yigitni qotillikda ayblab hibsga olishdi. Qotil emasligini aniq dalillar bilan isbotlay olmagani, guvohlarning yöqligi sabab uni 6 yilga qamashdi. Qamoqxona Sibirda joylashgan edi va haddan tashqari sovuq edi. Eng yomoni esa, qamoqxonadagi maxbuslarning qalblari Sibir havosidanda sovuqroq edi. Yigit har kuni 5 vaqt namozni kanda qilmasdi. Öz farzlarini astoydil ado etardi. Lekin uning namoz o'qishi qamoqxonadagi xodimlarga yoqmasdi. Qahraton yanvar kunlarining birida, harorat - 45C daraja sovuqligiga qaramay bir badfe'l xodim musulmonni yengil kiyimida köcha kalonnasiga uloqtirdi. Tashqari shu qadar sovuq ediki, musulmon qilich bilan tanasini kesib tashlashayotgandek his qilardi özini. Sovuqdan ko'zlarini ochishga qiynalardi. Qorong'u tushgach, sovuq battar kuchaydi. U tinmay Ollohga yolvorardi: Meni bu azobdan qutqar, Tangrim! Oxiri tanasi butunlay muzlab qoldi. Sekin xushidan keta boshladi. Shu paytda bir yorug'lik paydo böldi va asta- sekin unga yaqinlasha boshladi. Bu bir oq ayiq bölib, uning tanasi juda kata edi. Oq ayiq musulmonni bag'riga oldi. Uning tanasi shu qadar issiq ediki, yigit uxlab qoldi. Ayiq ham qilt etmay yotardi. Ertasiga ertalab qamoqxonada shov - shuv tarqaldi: tungi navbatchilikda turgan ikki nafar sovuqdan muzlab qolgan kishining jasadi topildi. Sal o'tmay yana bir shov- shuv kötarildi: kecha ko'cha qamog'ida yotgan musulmon yigiti ustida bir dona ko'ylagi bilan qamoqxonaga tirik va tetik holda kirib keldi! Olloh hech qachon unga iltijo qilgan bandasini yolg'iz tashlab qo'ymaydi! E'tiqodimiz mustahkam bölsin!
Файлы для обмена предоставлены пользователями сайта, администрация не несёт ответственности за их
содержание. На сервере хранятся только ссылки на файлы. Это значит, что мы не храним ни каких
нелегальных материалов, а так же материалов охраняемых авторским правом.
Информация для правообладателей