|
![](/.s/t/983/10.gif) | | ![](/.s/t/983/12.gif) |
|
Sevgiga nuqta qo'yildi!
Sevgiga nuqta qo'yildi! Salom keldingmi? -Xm keldim. - Jinnivoy yig'layapsanmi? nega yig'layapsan? - Qanday kulay? Axir xayrlashgani keldimu, ertaga to'yim. Ertadan sizni boshqa ko'rmiyman ko'rsam xam gaplasholmiman, tushunyapsizmi o'zi nima bo'lyotganini, qandayyig'lamay, iloji bormi yig'lamay. - Garchi xayrlashayotgan bo'lsak xam sendan oxirgi iltimoskulib xayrlashgin, toki seni eslaganda doim tabassum bilan eslay, qani jilmaychi qani qani. - Xo'p mana. - Ex xattokulgularingda xam yig'i aralash. - Menga bir nimani tushuntirib bering o'zi bizga nima bo'ldi? Axir xammasi yaxshi edi. Qanday sabab borki xayrlashyapmiz. Men xamma narsaga tayyor edim, xatto ota onamni ko'ndira olardim. Nega qo'rqoqlik qildiz? Kurashmay taslim bo'ldiz? Yoki sevmasmidiz. Ayting aybim nima? - Bilasanmi xar doim xam biz xoxlaganday bo'lavermaydi. Mendan nafratlanishing mumkun. Tog'ri baxtli bo'lishimizga ikki qadam qolgandi, lekin shu ikki qadamdi boshiz uchun ikki akamni tepalap o'tishim kerak edi.Bilardin meni biremas ikki akam bor. Akalarimi tepalap ulardan oldin senga uylangani vijdonim yo'l qo'ymadi o'qishim xam tugamagan. Akalarim meniИo'qitaman dep uylanishmadiи rossiyada musofirchilikda ishlap, ukam bizday qiynalmasin noni butun bo'lsin dep topgan pulini kontrakimga to'lashsayu, ularni tepalap uylansam ko'zlariga qanday qarayman. Seni esa uyingdagilar kutishmasdi. Yo'q men ularni aslo akalarimni va ota- onangni ayblamayman, bular bir sabab xolos. Ular faqat seni baxtli bo'lishingni xoxlashdi xamma ota onalar kabi. Aslida bir bo'lish peshonamizga yozilmagan. O'zingni esa hecham ayblama seni faqat bitta aybing bor u xam bo'lsa onang seni go'zal tuqqan. - Siz akalarizni o'ylaysizu menichi? O'ylamadizmi? O'ylamadiza, Yana shoirlarday gapirishinichi. Onam meni chiroyli tuqgandan ko'ra, baxtli tuqsa bo'lmasmidi. Axir men sizga sodiq qolmoqchidimkuuuu. Endi odamlar sevgiga ishonmay qo'yadi. - Mana bu daraxtga qara, hu anavi sarg'aygan bargni ko'ryapsanmi, uxam daraxtiga sodiq qololmay uzilib yerga tushdi. Bu tabiat qonuni, shu kabi xayotimizda xam biz istamagan qonunlar bor. - Sog'insamchi? Nima qilaman. -Bilaman senga tanlashgan yoring yaxshi inson, xar taraflama o'zinga mos, keyin rozg'or uy yumushlari bilan sog'inishga vaqting bo'lmaydi. Yoningda yoring xam bo'ladi. - Sizchi sog'insezchi nima qilasiz? - Meni o'ylama aslida xammadan senga qiyin bo'ladi. O'zga qo'llarga, o'zga muxabbatga, boshqa barmoqlar sochlarini o'ynashiga ko'nikishing kerak. Endi o'zga ovoz seni erkalap suyushiga chidashing kerak. Buning uchun esa senga katta kuch va sabr kerak. Senga olloxdan katta kuch va sabr tilab qolaman. - Bunaqa gaplarni gapirmang battarroq yig'lab yuboramanu. - Mana ro'molcha voy uzr o'rganib qolibman doim xafa bo'lsang yoshlaringni artib qo'yardimu, endi bu gunox yoshlaring o'zing artvola qol. -Meni yig'lama dep o'ziz yig'lapsizu ana ko'zizda yosh ko'rindi. - Bu quvonch yoshi axir ertaga sen orzu qilganday oq ko'ylak kiyasan. Ertadan seni kelinchak dep atashadi. Shirindan shakar og'il qiz farzandlaring bo'ladi. Afsus bu go'zallikni ko'rish menga nasib etmasa kerak. Shuni bilamanki sen dunyodagi eng go'zal kelin bo'lasan... Boshqalarga o'xshab meni unutma demiyman. Chunki meni xar bir eslashing senga gunox bo'ladi, men gunoxkor bo'lishingni xoxlamiyman. Bir tush kabi unut. Shu paytgacha yaxshi tushlar ko'ryatudik uyg'ondik dep tasavur qilda xatto eslama. Agar sen tush bo'lganingda edi bir umr turmay uxlagan bo'lamardim. Sendan so'ngi iltimosim menga qilolmagan vafoni jufti xalolingga qilgin, doim kulib yurgin senga kulish yarashadi. -Sizchi nima qilasiz? Nima endi sizni xatto xayolan xam o'ylay olmaymanmi? gunoxmi? Chiday olarmikinman? Chidashga majburmanku. Sizdan xam iltimos, siz xam tezroq uylaning faqat mendan chiroyliroq, vafoliroq bo'lsin doim sizga g'amxo'rlik qilib, mexriboniz bo'lsin. Buni vaqt ko'rsatadi biz sevdik sevildik demak baxtli bo'lishga xaqlimiz. Baxtli bo'lamiz xam. Menga bir narsa taskin beradi. Bizda baxtli kunlar bo'lgan. Eslasak arzigulik xotiralarimiz bor.Enga muxumi bir birimiz orqali muxabbatni angladik yashashim uchun shu kifoya. Telefoning jiringlayapti go'shakni ol u qo'ng'iroq qilyaptimi? - Xm u telfon qilyapti, ketishim kerak lekin hecham ketgim kemayapti. Qani vaqt to'xtab qolsayu shu yerda qolsam. - Boraqol endi, ketaqol kutib qolishdi. - Yana ozroq ozgina qolay. - Boraqogin endi -Xm xo'p mana ketyapman. Yaxshi qoling baxtli bo'ling! - Sen xam baxtli bo'l! Asta asta qadam tashlab ketayapsan, yerda yotgan xazonlar qadamlaringdan shitrlab ayriliq simfoniyasi chalayotganday. Orqanga bir bir qarab qo'yasan ko'zlaring olib qoling diya mo'ltirayotganday. Goxo xayr dep qo'lingni ko'tarib qo'yasan. Oxirgi qarashda yig'i aralash kulib qo'ydingu. Bulutlar ortiga berkingan quyoshdan ko'rinmay ketding... Sen ketding u yo'ldan, men xam ketdim bu yo'ldan. Faqat ayriliq qoldi sevgimizdan. Xazonlar guvoxida mana shunday xayrlashdik bizlar. Yana bir sevgiga qo'yildi nuqtalar....
|
Категория: Hikoyalar | Добавил: vampir (28/07/2014)
|
Просмотров: 1069
| Рейтинг: 0.0/0 |
| |
![](/.s/t/983/15.gif) | | ![](/.s/t/983/17.gif) |
|
|