Ovoz beramiza
 
Yangi kliplar
 
Mini chat
 

Главная » Статьи » Hikoyalar

Soxta sevgi qurboni yoxud qotil...
Komil ismli bir 23 yoshli yigit bor
edi. Uning oilasi, ota onasi badavlat
obro’li kishilar edi. Komilning bir singlisi bor.
Komil judayam yengil hayotga berilgan,do’stlari
do’stlari bilan o’yin kulgu ko’ngilxushlik qilib
yurishga odatlangan edi. U universitetda o’qirdi
lekin o’qishga muntazam qatnamasdi. Otasi
uni haddan tashqari erkalatib yuborgan,
o’qishni bitirgach unga firma,do’konlar ochib
berishni vada qilgandi. Shuning uchun
Komil hayotga yengil ko’z bilan qarardi. Taqdir
taqozosi bilanmi yoki Komilning iymoni zaifligi
boismi uning inson aslida shaytondan ham
battar bo’lgan do’stlari uni nasha chekishga
o’rgatib qo’yishdi. Komil nashani avval hidlab
yurardi keyin chekishni boshladi. Komilni bu
qilig’ini do’stlaridan boshqa hech kim bilmasdi.
Bir kuni Komil universitetda 1 kursda o’qiydigan
Nigora ismli qizni uchratib qolardi. U juda
chiroyli latofatli qaddi qomati hurliqo o’zi juda
soda bo’lgan qiz edi. Komil uni ko’rib uni
o’zicha yoqtirib qoladi. Aslida bu yoqtirish emas
balki shaytoniy nafs edi. Komil Nigorani ko’riboq
u bilan ko’ngilxushlik qilish shu kabi
jirkanch ishlarni amalga oshirishdek g’arazli
niyatda u qizni avrashga aldap suldap
o’zini farishtadek qilib ko’rsatib u bilan do’st
tutinishga kirishadi. Komil bazi bir narsalarni
bahona qilib Nigora bilan tanishadi. Ular do’st
tutinadilar. Komil huddi aktyorlardek oshiq ro’lini
o’ynashni boshlaydi. Oradan 2 oy vaqt o’tgach
Komil Nigoraga soxta sevgisini izxor qiladi.
Unga oltin tog’larni unga uylanishni vada qiladi.
Bechora sodda qiz esa bu gaplarga chippa chin
ishonadi. Nigora Komilni jonidan ortiq sevib
qoladi. Komil esa hamon o’sha shaytoniy
niyatda edi. Bir kuni Nigora tasodifan Komilni
chekayotganini ko’rib qoladi. Nigora uni
sigareta deb o’ylaydi. Komilning do’sti Aziz
Nigoraga bor haqiqatni Komil nasha chekishini,
Nigorani sevmasligini u bilan ko’ngilxushlik
uchun yurganini aytib beradi. Nigora bu
gaplarga ishonmaydi. Komildan so’raydi. Komil
esa ha nasha chekaman nima qibti deb aybini
tan oladi. Lekin seni sevaman bu odatimni
tashlayman iltimos menga ishon u do’stlarim
meni boyligimni ko’ra olmaydi alamidan shu
gaplarni senga aytishgan deb Nigorani
aldaydi. Nigora esa agar bu
odatingizni tashlamasangiz
nasha chekayotganingizni onangizga aytib
beraman deydi. Komil esa hop tashlayman faqat
hech kimga aytmaslikni uqtiradi. Lekin Komil
Nigoradan havotirlanar aytib qo’yadi deb
qo’rqar edi. Oxir oqibat u Nigoradan qutulish
payiga tushdi. Bir kuni u Nigorani kinoga taklif
qiladi. Nigora rozi bo’ladi kechki payt taksida
yo’lga chiqishdi. Taksichiga shaharni chekka
qismidagi bir joyga olib borishni aytadi. Nigora:
Voy qayoqqa ketyapmiz? Komil: Qo’rqmang.
Kino boshlanishiga ancha bor men hoz bir
odamdan qarzim bor edi shuni berib kelaylik
keyin kinoga boramiz. Nigorani ko’ngli xotirjam
bo’lib yo’lda davom etishdi. Bird ala ovloq joyda
mashinani to’xtatdi. Taksichi amaki mashinani
to’xtatdi va Komil mashinaning yukxonasidan
lapatkani olib : Nigora sen mashinada o’tirib tur
biz hozir kelamiz qarzimni egasiga berib kelay.
Sal nariroqqa borib Komil taksichiga pichox
niqtab dedi: Shu yerdan chuqur kavla g’iring
desang so’yaman deb uni qo’rqitdi. Shafyor
chuqurni kavlab bo’lgach Komil baland ovozda
Nigorani chaqirdi. Nigora yetib keldi va shu payt
Komil uni haligi kavlangan chuqurga itarib
yubordi. Komil shafyorga: Tez tez ko’m yo’qsa
so’yaman. Nigora jon holatda
baqirar chuqurdan chiqishga urinar dod
voy solardi. Komil esa uni itarib yubordi va
uni ustiga tuproq tortib tiriklayin ko’mib
tashladi. Oradan vaqtlar o’tib Komil
qamaldi. Shafyor esa bo’lgan voqeadan es
xushini yo’qotib ruxiy kasalliklar shifoxanasiga
yotqizildi. Shafyor davolanib chiqdi. Lekin
ko’pincha Nigoraning o’sha chuqurda
yig’layotgani dod voy solishi ko’z o’ngidan
ketmas tushlariga ham kirib chiqar edi. Buni
vijdon azobi deydilar. Nigora sodda qiz soxta
sevgining qurboni bo’ldi. Hikoya shu
yerda yakunlanadi. Alloh yomonlarga
insof, yaxshilarga panox bersin.
Категория: Hikoyalar | Добавил: vampir (23/06/2014)
Просмотров: 875 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
So'nggi izohlar
 
Teglar
 
Reklama
 
Файлы для обмена предоставлены пользователями сайта, администрация не несёт ответственности за их содержание. На сервере хранятся только ссылки на файлы. Это значит, что мы не храним ни каких нелегальных материалов, а так же материалов охраняемых авторским правом. Информация для правообладателей
Yuqoriga