Ovoz beramiza
 
Yangi kliplar
 
Mini chat
 

Главная » Статьи » Hikoyalar

Yetim.. Ma'yus ko'ngil dardlari....
Bundan 12 yil muqaddam ilk bor yig’lab ovozim
chidi.Kimlargadir yoqimsiz bir ovoz edi u.
Tug’iliwim Onam uchun
baxtsizlik niwonasi,otam uchun esa qilingan
xatolar mevasiga aylangandi. Mandek bir
tawviwdan iloji boricha tezroq
xalos bo’liw kerak. Nima qilsa bo’larkin…? O’z
qo’llari bilan o’ldirib xarobaga uloqtirsinmi yoki
bo’lmasam o’limdan xam
azoblisi bolalar uyiga sovg’a qilsinmi…? O’ldiray
desa wundoq xam sarxisobsiz gunoxlar sonini
ko’paytiriwga arzimaydigan go’dak. Kel yaxwisi
xatto ism xam qo’ymay bolalar uyining
ostonasida omonat qoldiramiz.Ikki tomon
roziligi
bilan yomg’irli oqwomda mexribonlik uyining
zinalarini ziyorat qildim. O’wanda atiga 20 kunlik
norasida edim xolos…!
Yuzlarimni yomg’ir tomchisi silab,tug’ilganimdan
buyon aliwtirilmagan yo’rgagimni
xo’llab,qorong’ulikning sovuq
taftidan muzlab yotganimda pewonamga
begona bir ayol qaynoq qo’llarini bosdi.
Tirikmikan…? Onasi qani bu bechorani…?
Naxotki bu go'dak xam ifloslik qurboniga
aylangan bo’lsa…? Uni darxol wifokor diydoriga
to’ydiriw lozim.
Yo’qsa yurtimizdagi laxatlar soni yana bittaga
ko’payiwi extimoldan xoli emas.Oq libosli fariwta
og’uwida chalajon,o’lim
bilan kurawayotgan bolajon. Xali kichkinaku
endigina 20 kunlik ona sutidan labchalari
baxramand bo’lgan. Kerakli
muolajani qildik,tongga qadar umid qilaylik zora
nafas oliwda davom etsa. Quyow ufqqa
mo’ralab, qorong’ilik atrofni
yorug’ilkka omonat qoldirdi. Wu qatorda
xayotimni xam…! Yawayapman endi o’lim
mandan negadr xafa.Chunki unga
yuzlanmay xayot degan tuwunchani avzal
ko'rdim. Biroq yawab keta olarmikanman.
Chunki ona suti xavodek zarur…!
Onam bo’lsa manga sut o’rniga o’limni ravo
ko’rib ketdiku. Qornim ochligidan zorlanib
yig’ladim. Mexribonlar sut beriwdi,kimnikiligi
noma’lum. Ichdim vujudim biroz orom og’usidan
sarmast bo’ldi. Wu tariqa tomog’imdan
o’tayotgan
sut tomchilari kabi oradan kunlar o’ta
bowladi.Man rivojlanib ulg’ayiw bosqichini zabt
etayotgandim o’wanda. Tilim chiqdi,tiwchalarim
dona- dona.Biroq yonimdagi ayollardan qay biri
man manga Ona.Bilolmay sarson edim kimni
ona deya bag’riga bow qo’yay…? Ularning xar
biri mani bolam deya erkalaydi. Naxotki
Onalarim wunchalik ko’p
bo’lsa…? Biroq otam qani…? Man xam kimnidir
adajon deya atay…! Nega uyimiz bunchalar
katta ekan..? Buning ustiga
begona o’gil qizlar. Ularni aka- singilim desam
manga o’xwawmaydiku. Bu xam yetmagandek
ba’zilari rus ba’zilari esa o’zbek emasligi
aniq.Otam ko’p davlatlarda bo’lganga o’xwaydi.
Sekin asta farosatimni izlab topdim…! U aytdiki
man o’z uyimda emasman. Unaqada
qayerdaman…? Bu yerga kelgan kuning ziyorat
qilgan zinalaring yoniga bor. Katta-katta
xarflarda qayerda yawayotganligingni yozib
qo’yiwgan. Aqlimga bo’ysunib o’wa yozuvni
izladim. Topganimda esa ma’nosini
tuwunmaydigan so’zlarni o’qiy
bowladim. ,,Mexribonlik uyi’’ Ewitiliwi yoqimli
ekan…! Balki mexribonlik uyi bo’lgani uchun oq
kiyim kiyib yurgan ayollar bizga tinmay mexr
beriwar. Biroq ular biz uchun kim…? Biz esa ular
uchun. O’zimga bu savolni berganimda 7
baxorlik umr yig’gandim. Bu yowda maktabga
chiqarkansan. Ammo maktabim xam o’wa
dargox. Panjaralar ortidan atrofga boqardim.
Man kabi 7 yowlilar qandaydir ayol qo’lidan tutib
qayergadir
ketiwardi. Biroq ularni bizga Onalik qiladigan
ayollardan biri emas butunlay begona bir ayol
yetaklardi.U ayollar kim..? Nima uchun
tengdowimni yetaklab qayergadir olib ketayapti.
Buning ustiga qo’lida maktab sumkasi. U biz
bilan
o’qimaydimi…? Uning maktabi aloxidami..?
Savollarim sochlarim singari sanoqsiz…! Vaqt
esa o’tiwda davom etardi. Fursat sayin
farosatim xajmi kengayib tuwunib yetgan
tuwunchalarim ortib borardi. Demak manga
mexr beroyotgan ayollar xaqiqiy onam emas…!
Agar ularning ichidan chiqmagan bo’lsam mani
tuqqan ayol qayerda..? Panjarani pisand
qilmay ko’chalarga owiqdim.Qaytganimda esa
ko’nglim o’ksik ortirganim birgina nom. ,,Yetim’’
Bolachalar o’ynayotgan maydonchada ular bilan
do’stlawmoqlikni ixtiyor etgandim. Ammo bir
ayol kelib mani xaydab yubordi. ,,Yo’qol bu
yerdan yetimcha’’ Uning aytgan uwbu so’zlari
yuragimga og’ir botdi. Yana panjara ortiga
qaytdim. Bowim egik ko’zlarimda yow. Oq
kiyimli mexribonlarimning biridan so’radim. Mani
ismim nima…? Doimgidek chaqiriwadigan ismni
aytiwdi. ,,Sherzod’’ Biroq bu ism endi man uchun
axamiyatsiz edi.Negaki bugun bir ayol mani
bowqa nom bilan atadi. Agar ismim Sherzod
bo’lsa nima uchun o’wa ayol yetimcha deb
atadi. ,,Yetim’’digan ismning ma’nosi nima…?
Mexribonim yig’lab yubordi. Negaki xar baloga
chidab kelgan metn bardowi mo’ltillagan
ko’zchalarimga qarab yetim
degan so’zning ma’nosini ko’z yowlarsiz
tuwuntib beriwga ojizlik qilardi. O’tmiwim
xaqidagi xaqiqatni bilganimda endigina
10 baxorni qarwilagandim. Tuwunganlarimni
tuwuntiray… Onam tug’ib tawlab
ketgan.Sabab..? Unga kerak bo’lmaganman…!
Agar manga muxtojlik sezganida man xozir
mexribonlik uyini o’rab turgan panjara ortida
bo’lmasdim.
Yetim deb Ota onaga kerak bo’lmaganlarni
aytiwarkan. Demak man xam o’walar
safidaman. Bizlarga mexribonlik qilayotgan oq
kiyimli ayollar esa aslida wu dargoxda pewona
terlari bilan mexnat qilib maow oladigan
mexribonlik uyi
xodimalari ekan. Ular biz uchun Ona,biz esa
ularning sanoqsiz farzandlari. Demak xaqiqat
wulardan iborat. Xo’w aslida kim ekanligimni
bilganimdan so’ng nima o’zgardi. Xech nima…!
Chunki xaqiqatni o’zgartiriwga
ojizman.Pewonamga yetim
degan tamg’a bosilgan.Endi butun umr wu
tamg’a ostida yawawdan bowqa choram yo’q.
Oradan ikki yil o’tdi. Kuni kecha
12 baxorni qarwi oldim. O’rtoqlarim bilan yig’ib
yurgan pulimizga muzqaymoq olgani bordik.
Navbatda turar ekanmiz
biroz uzoqroqda taxminan 10 baxorlar atrofidagi
bir qizcha Oyisiga muzqaymoq olib bering dib
yalinayotganligiga ko’zim
tuwdi. Ayol esa wu yerda tur man xozir
chiqaman deb do’konga kirib ketdi.Qiz tomon
yaqinlawib qo’limdagi muzqaymoqni
unga uzatdim. U esa mamnuniyat bilan tuxfamni
qabul etdi.Bordiyu Oyisi kelib qolsa u xam
kimligimni eslatib qo’ymasidan ketaqolay deb
turgandim,muzqaymoqni tutib ko’ngli taskin
topgan o’wa qiz ,,Ismiz nima’’ dib so’rab qoldi.
Uning bu savolidan so’ng nima deyiwimni
bilmay ortga o’girilib ,,Yetim’’ deb javob berdim
xamda yana do’stlarim tomon ravona
bo’ldim…! ! ! (qadamingni o’ylab bos inson, ze’ro
yetimlar soni kundan- kunga ortib bormoqda)
Категория: Hikoyalar | Добавил: vampir (15/07/2014)
Просмотров: 826 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
So'nggi izohlar
 
Teglar
 
Reklama
 
Файлы для обмена предоставлены пользователями сайта, администрация не несёт ответственности за их содержание. На сервере хранятся только ссылки на файлы. Это значит, что мы не храним ни каких нелегальных материалов, а так же материалов охраняемых авторским правом. Информация для правообладателей
Yuqoriga