Afandining ikki qizi bo'lib, birini dehqonga, birini duradgorga turmushga bergan edi. Oradan olti oy o'tgandan keyin qish kunlarining birida ikkala qizi Afandini ko'rgani kelib, kechasi sandalda uzoq gaplashib o'tirishdi. Katta qizi dedi: — Keksayib, piyoda yurishga qiynalib qoldingiz, dada. Agar bu yil havo yaxshi kelib, yog'ingarchilik mo'l bo'lsa, kuyovingiz bahorda qirga bug'doy ekib, kuzda sizga ot olib bermoqchi. Kichik qizi dedi: — Agar bu yil havo quruq kelib, shaharda binokorlik ishlari yurishib ketsa, kuzda kuyovingiz sizga sigir olib bermoqchi. Qarigan chog’ingizda sut- qatiq kerak. Afandi peshonasiga urib dedi: — O'h-ho'! Bittanga namgarchilik, bittangga qurg’oqchilik kerak bo'lsa, ot mingandek, qaymoq yalagandek bo'ldim. Unchaligini bilganimda, ikkalangni ham tuyakashga bergan bo'lardim. Ayb o'zimda!
Категория:
Latifalar
|
Просмотров:
646
|
Добавил:
vampir
|
Дата:
19/06/2014
|
|