Ovoz beramiza
 
Yangi kliplar
 
Mini chat
 

Главная » 2014 » Июнь » 19 » Ayb o'zimda!
10.06
Ayb o'zimda!
Afandining ikki qizi bo'lib, birini
dehqonga, birini duradgorga
turmushga bergan edi.
Oradan olti oy o'tgandan keyin qish
kunlarining birida ikkala qizi Afandini ko'rgani
kelib, kechasi sandalda uzoq gaplashib
o'tirishdi. Katta qizi dedi:
— Keksayib, piyoda yurishga qiynalib
qoldingiz, dada. Agar bu yil havo
yaxshi kelib, yog'ingarchilik mo'l
bo'lsa, kuyovingiz bahorda qirga
bug'doy ekib, kuzda sizga ot olib bermoqchi.
Kichik qizi dedi:
— Agar bu yil havo quruq kelib,
shaharda binokorlik ishlari yurishib
ketsa, kuzda kuyovingiz sizga sigir
olib bermoqchi. Qarigan chog’ingizda sut-
qatiq kerak.
Afandi peshonasiga urib dedi:
— O'h-ho'! Bittanga namgarchilik,
bittangga qurg’oqchilik kerak bo'lsa,
ot mingandek, qaymoq yalagandek
bo'ldim. Unchaligini bilganimda, ikkalangni
ham tuyakashga bergan
bo'lardim. Ayb o'zimda!
Категория: Latifalar | Просмотров: 618 | Добавил: vampir | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
So'nggi izohlar
 
Teglar
 
Reklama
 
Файлы для обмена предоставлены пользователями сайта, администрация не несёт ответственности за их содержание. На сервере хранятся только ссылки на файлы. Это значит, что мы не храним ни каких нелегальных материалов, а так же материалов охраняемых авторским правом. Информация для правообладателей
Yuqoriga